Janubiy Koreyadagi Inha Universitetining yangi Prezidenti bilan uchrashuv 

Toshkent shahridagi Inha Universiteti rektori Bobur Abdullaev Koreya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida Janubiy Koreyadagi Inha Universitetining yangi prezidenti professor Choi Kee-young bilan uchrashib, uni yangi lavozimga tayinlangani bilan samimiy tabrikladi.

Uchrashuv davomida kelgusi besh yilga mo‘ljallangan hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari va istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, akademik va institutsional aloqalarni yanada mustahkamlash, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuv dasturlarini kengaytirish, shuningdek, yangi qo‘shma ta’lim va ilmiy-tadqiqot loyihalarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi

Tomonlar Toshkent shahridagi Inha Universiteti va Janubiy Koreyadagi Inha Universiteti o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda uzoq muddatli hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yishga sodiqligini bildirdi.