“Japanese Culture Club” klubi talabalari tomonidan mahorat darsi tashkil etildi

14-mart kuni “Japanese Culture Club” klubi O‘zbekiston kendo federatsiyasi bilan hamkorlikda yapon jang san’ati bo‘yicha mahorat darsi tashkil etdi.
Kendo federatsiyasi vakillari talabalarga yapon jang san’atining boy madaniyati va falsafasi haqida so‘zlab berdilar. Shuningdek, ular Kendo texnikasining nafisligi va kuchini namoyish etib, ishtirokchilarga ba’zi bir asosiy usullarni sinab ko‘rish imkoniyatini taqdim etdilar.