JobFest 2021

27 may kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida talabalar uchun eng yirik tadbir – JobFest 2021 bo‘lib o‘tdi.
 
Ushbu bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasining asosiy maqsadi O‘zbekiston va xorijdagi barcha eng ilg‘or tashkilotlarni hamda AT yo‘nalishidagi barcha universitetlarning bitiruvchilari va talabalarini bir joyga to‘plash edi.
 
Tadbirda qatnashgan mehmonlar qatorida Akfa Group, Huawei, O‘zbektelekom, CLICK, EPAM, UCELL, IT Park, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, banklar va boshqa ko‘plab tashkilotlar vakillari tashrif buyurdilar.
 
JobFest 2021 bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi doirasida IT Talks konferensiyasi bo‘lib o‘tdi, unda quyidagi ma’ruzachilar ishtirok etishdi: IT Park direktori o‘rinbosari Bahodir Ayupov, EPAM Uzbekistan direktori Renat Axtyamov, EPAM Belarus kadrlar tayyorlash bo‘yicha direktori Yevgeniy Peshkur, Akfa Group direktori Kamran Gulamov, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Abdulla Azizov. Ma’ruzachilar AKT bozorining hozirgi holati va ish izlayotgan yosh mutaxassislar oldida turgan muammolar haqida so‘z yuritdilar. IT Talks tinglovchilari ko‘plab yangi va foydali » bevosita» ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
 
Shuningdek, JobFest2021 doirasida yetakchi mahalliy va xalqaro kompaniyalarning kadrlar bo‘yicha mutaxassislaridan «Successful Employment Life Hacks» master klasslari o‘tkazildi. Ushbu tadbir davomida Person Hunters direktori Yuliya Yakovleva, Beeline Uzbekistan kompaniyasining kadrlar bo‘yicha direktori Sofiya Gaynutdinova, Express 24 kompaniyasining bosh direktori Akmal Payziyev, Huawei Uzbekistan menejerlari va mutaxassislari, kadrlar bo‘yicha mutaxassis Go‘zal Abduraupova tomonidan ma’ruzalar taqdim etildi. Ma’ruzachilarning taqdimotlari talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi, ular ma’ruzachilarga savollar berish, shuningdek, ish bilan ta’minlash bo‘yicha foydali maslahatlar olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.