King Sejong instituti fondi rahbariyati TShIUga tashrif buyurdi

2022-yilning 10-noyabr kuni Koreyaning King Sejong instituti jamg‘armasi raisi Lee Hae-young xonim boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Toshkent shahridagi Inha universitetiga keldi.
Tashrif davomida delegatsiya Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildi. Shuningdek, tashrif davomida mehmonlarga kampus ekskursiyasi uyushtirildi.