Koreya kompaniyalari delegatsiyasi TshIUga tashrif buyurdi

2022-yilning 17-fevral kuni «Dain Leaders», «Gyeongbuk Technopark», «Korea Technopark Promotion Association» vakillaridan iborat delegatsiya Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi. TshIU xodimlari bilan uchrashuvda Janubiy Koreya delegatsiyasi startap va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlikda ish olib borish, innovatsion yo‘nalishlarda qo‘shma ta’lim kurslarini o‘tkazish masalalarini muhokama qildi.