Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan uchrashuv

23 aprel kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi delegatsiya Hong Seok Hwa boshchiligidagi “KOICA” xalqaro hamkorlik agentligi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar raqamli transformatsiya sohasida yetakchi davlat xizmatchilarining raqamli transformatsiya sohasida malakasini oshirish, raqamli ta’lim va BPO tizimini rivojlantirish orqali IT xizmatlar eksportini oshirish, O‘zbekistonda aerokosmik sohani rivojlantirish uchun ta’lim va malaka oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, IT ta’lim sohasida «KOICA»ning ko‘ngillilarini jalb qilish masalalari muhokama qilindi.