Koreyada talabalar almashinuv dasturi

14-sentabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida xalqaro talabalar almashinuv dasturiga hujjat topshirgan talabalar uchun suhbat bo‘lib o‘tdi.
Almashinuv dasturida faqat ingliz tilini yuqori darajada biladigan va yaxshi GPAga ega bo’lgan ikkinchi kurs talabalari qatnashishi mumkin.
Eslatib o’tamiz, avvalroq Janubiy Koreyaning Incheon shahrida bir semestr o‘qish imkoniyatidan foydalanishni xohlovchilar uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlangan edi.
Natijalar tez orada e’lon qilinadi!