Koreyaning Asryl Ins. kompaniyasi vakillari TShIUga tashrif buyurishdi

2022-yil, 30-iyun kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Asryl Ins. kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Asryl Ins. turli xil sun’iy intellekt mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyadir.
Asryl Ins. kompaniyasi O’zbekistonda o’z vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda. Uchrashuv davomida talabalarni jalb qilish va ishga joylashtirish masalalari muhokama qilindi.