Koreyaning INHA universiteti va Toshkent shahridagi Inha universiteti hamkorligida O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun matematika va fizika fanlari bo‘yicha olimpiada tashkil etilmoqda.

Oʻzbekiston va Koreya davlatlari oʻrtasida taʼlim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida Toshkent shahridagi Inha universiteti va INHA universiteti (Koreya) yurtimizda tahsil olayotgan yuqori sinf oʻquvchilari o’rtasida matematika va fizika fanlari boʻyicha olimpiada eʼlon qiladi. Olimpiada musobaqalarida eng yuqori ball to‘plagan talabalar INHA universitetining to‘rt yillik stipendiyasi sohiblari sifatida tanlab olinadi. G‘oliblar stipendiyalar va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadilar. Ishtirok eting, ro’yxatdan o’tish 28 oktyabrgacha davom etadi. Batafsil ma’lumotlar //www.inha.uz/competition veb-saytida va ilova qilingan fayl orqali tanishishingiz mumkin.

 

INHA-IUT Mathematics and Physics Competition guideline