Korrupsiyaga qarshi kurash va uni oldini olish bo’yicha profilaktik tadbir o’tkazildi

Toshkent shahridagi Inha universitetida 2022-yil 20-sentyabr kuni talaba va xodimlar o’rtasida korrupsiyaga qarshi kurash va uni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirda Mirzo Ulug’bek tumani prokuraturasi xodimi Z.Yuldashev o’z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Tadbir so’ngida mavzuga oid videorolik namoyish etildi hamda ishtirokchilar tomonidan o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.