Kreativ ta’lim kongressi

20 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Kreativ ta’lim” kongressi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu kongress doirasida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari vakillari ma’ruza qildilar. Ushbu kongressda Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov ma’ruza bilan ishtirok etdi va ishtirokchilarga universitet haqidagi taqdimotni namoyish etdi va ta’limga ijodiy yondashuvni joriy etish muhimligini ta’kidladi. – Inha innovatsion kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratmoqda va bu zamonaviy mehnat bozori talablariga javob beradigan sifatli ta’limni shakllantirishga xizmat qilmoqda, – dedi Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov.