Lalu.uz jamoasi “Talabalar kubogi” musobaqasida sovrinli o‘rinni egalladi!

2021-yilning 11-noyabr kuni Toshkent Moliya institutida sovrin jamg‘armasi 20 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi Talabalar kubogi musobaqasining ikkinchi to‘lqinining finali bo‘lib o‘tdi.
Finalda 19 ta loyiha qatnashgan bo‘lib, ulardan 3 tasi g‘olib bo‘ldi. Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalaridan iborat “Lalu.uz” jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi. Talabalar loyihasi yosh onalar uchun foydali maslahatlar olish, onalar va bolalar salomatligini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan mobil ilovadir.
“Lalu.uz” jamoasini tabriklaymiz va ularga chin yurakdan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!