LeverX Group vakillari Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi.

14-iyun kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida «Leverx Group» kompaniyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti ma’muriyati tomonidan mehmonlar uchun fakultetlar, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Kompaniya vakillari ham o’z taqdimotlari orqali, kompaniya faoliyati, talabalar uchun bepul IT kurslari haqida batafsil ma’lumotlar berishdi.
Tomonlar kelgusidagi hamkorlik rejalarni ishlab chiqishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
Shuni alohida takidlash joizki, LeverX Group butun dunyo bo’ylab mijozlar uchun dasturiy ta’minotni ishlab chiqish bo’yicha to’liq xizmatlarni taqdim etuvchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.