Mahalla yoshlari uchun IT va kompyuter savodxonligi bo’yicha kurslar boshlandi.

Toshkent shahridagi Inha universitetida 2022 yil 14-iyul kuni, yoshlarni bo’sh vaqtini mazmunli oʻtkazish va ularni bilimlarini oshirish maqsadida, IT va kompyuter texnologiyalari boʻyicha bepul kurslar tashkil qilindi.
Kurslarda Mirzo Ulugʻbek tumanidagi mahallalarning 70 nafar yoshlari ishtirok etishmoqda. Kurs davomiyligi 6 xaftani tashkil etadi. Faol ishtirok etgan o’quvchilarga kurs oxirida maxsus sertifikatlar taqdim etiladi.