Mahalla yoshlari uchun Koreys tili bo’yicha kurslar ochildi

Mirzo Ulug’bek tumanidagi biriktirilgan mahalla yoshlari uchun Toshkent shahridagi Inha Universiteti qoshidagi  King Sejong2 koreys tili markazida koreys tili bo’yicha boshlang’ich (grammatika + suhbat) bepul kurslari ochildi.

Kurslar xaftada 2 marotaba o’tkazilib, 16 yoshdan yuqori bo’lgan 60 nafar yoshlar qabul qilindi. Kurslarda ishtirokchilarga barcha o’quv materiallari bilan ta’minlandi.

Yoshlarni bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida tashkil etilgan kurslar 2 oy davomida tashkil etiladi. Faol ishtirokchilar kurslar so’ngida maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanadi.