MBA o’zi nima va u orqali qanday afzalliklarga ega boʻlishingiz mumkin?

Javob aniq: bu muvaffaqiyatga erishish va kasbiy darajani oshirish yo’lidir⬆️
✅MBA darajasidagi diplom ishga joylashishda katta ustunlik berishidan tashqari, bitiruvchi menejment va ITning barcha jabhalarida qimmatli amaliy tajribaga ega bo‘ladi.
MBA – biznes boshqaruvi magistri degan ma’noni anglatadi. MBA –  sizga keng ko’lamli boshqaruv ko’nikmalarini olish imkonini beradi. Ushbu dastur orqali talabalar bugungi kunda yuqori talabga ega bo’lgan bilimlarni o’zlashtiradilar, ya’ni korporativ boshqaruv, IT, moliya, marketing, xodimlarni boshqarish, biznesning iqtisodiy va huquqiy yo’nalishlari, xalqaro iqtisodiyot va boshqalar.
MBA dasturi orqali kasbiy darajani oshirish, yangi kompetensiyalarni o’zlashtirish va shaxsiy o’sishga ega bo’lishingiz mumkin – eng asosiysi martaba zinapoyasida o’sishga yordam beradi.
Eslatib oʻtamiz, Toshkent shahridagi Inha universitetida raqamli transformatsiya bo‘yicha MBA dasturiga qabul davom etmoqda.
Ro‘yxatdan o‘tish: //admissions-graduate.inha.uz/web/#/login/signin
Qabul qoidalari: //inha.uz/postgraduate/application-guideline-m/
Tel. Murojaat uchun: +998 71 289 99 99  (qisqa signaldan so’ng 0128 ichki raqamini tering).