INHA Universiteti O‘qitish, o‘rgatish va texnologiya markazining(Center for Teaching, Learning and Technology) rahbari Yoo Ji Hye bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

INHA Universiteti O‘qitish, o‘rgatish va texnologiya markazining(Center for Teaching, Learning and Technology) rahbari Yoo Ji Hye bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv avvalida Yoo Ji Hye markaz faoliyati bilan tanishtirib, atroflicha ma’lumot berdi. Shuningdek, markaz tomonidan amalga oshirilayotgan joriy loyihalar va markaz boshqaruvi bilan bog‘liq loyihalar haqida umumiy ma’lumotlar berildi.
Markaz asosan professor-o‘qituvchilarni tayyorlash uchun tashkil etilgan bo‘lib, o‘z faoliyatini endi boshlayotgan professor-o‘qituvchilar uchun turli kurslarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, onlayn o‘qitish resurslari va o‘quv texnologiyalarini integratsiya qilishda o‘quvchilarning tajribasini oshirish uchun kadrlar dasturlarini va innovatsion o‘qitish usullarini rivojlantirishni o‘z ichiga olishi haqida ham ma’lumotlar berildi.
Uchrashuvda Toshkent shahridagi Inha universitetida shunday markaz tashkil etish, markazga professor-o‘qituvchilarni jalb qilish va kelgusida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilinib, kelajakdagi hamkorlikka kelishildi.