ML Community va TBC Bank memorandum imzoladilar

6-mart kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida TShIU rektori Muzaffar Djalalov, TBC Bank bosh direktori Spartak Tetrashvili va ML Club rahbari, Toshkent shahridagi Inha universiteti talabasi Shahriyor Xudoberdiyev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar TBC Bank homiy sifatida ishtirok etgan hakaton natijalarini, shuningdek, sun’iy intellekt bo‘yicha konferensiya tashkil etish rejalarini muhokama qildilar.
Uchrashuv davomida ML Community va TBC Bank o’rtasida memorandum imzolandi. Yangi MLC ta’lim loyihasi talabalari endilikda TBCda amaliyot o’tashlari mumkin.