Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchilari kiberxavfsizlik kursini tamomladi

Toshkent shahridagi Inha universiteti “Cyber-Bro” kompaniyasi bilan hamkorlikda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari uchun “Blue Team” o‘quv kursini tashkil etdi. Ushbu o’quv kursi axborot obyektlariga hujumdan so’ng kiber hodisalarni o’rganish va aniqlash mavzusida o’tkazildi.
Ushbu seminar harbiy xizmatchilarga axborot aktivlariga qilingan hujumlardan so‘ng kiber hodisalarni tahlil qilish va ularga javob berish bo‘yicha asosiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish uchun mo‘ljallangan.  Kiberxavfsizlik mutaxassislari duch keladigan noyob muammolarni hal qilish,  operatsion xavfsizlik va barqarorlikni saqlash uchun nazariy/amaliy dars sifatida bo’lib o’tdi.