Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan Toshkent shahridagi Inha universiteti xodimlariga esdalik nishonlari topshirildi

Toshkent shahridagi Inha universiteti xodimlari “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlanishdi. Mazkur yuksak e’tirof universitet va mamlakat rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi, fidokorona mehnati hamda samarali faoliyati uchun topshirildi.

Mukofotlanganlar orasida Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Bobur Abdullaev, shuningdek:
Inoyatxodjayev Jamshid — O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor
Qazaqov Rustambek — Ma’muriy boshqaruv masalalari bo‘yicha prorektor
Xojimirzayev Boburjon — Talabalar faolligi bo‘limi boshlig‘i
Elmurodov Og‘abek — Talabalar faolligi bo‘limi bosh mutaxassisi
Ayupova Shodiyaxon — Hamkorlik va karyera bo‘limi boshlig‘i
Nurullayev Boburjon — Talabalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i
Maxmudov Azimjon — Monitoring va ijro nazorati bo‘limi boshlig‘i
Pulatov Sharif — Jamoatchilik bilan aloqalar va qabul bo‘limi bosh mutaxassisi
Ernazarov Timur — Raqamli texnologiyalar va kiberxavfsizlik markazi dasturchi-muhandisi
Xamrayev Abduraxim — Xo‘jalik-ekspluatatsiya guruhi komendanti

Barcha mukofotlanganlarni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz va kelgusidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!