Namangan Tech Sammit xalqaro AKT forumi

2023-yilning 22-may kuni Namangan shahrida o‘tkazilayotgan 62-an’anaviy Gullar festivali doirasida “Namangan Tech Summit” xalqaro AKT forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbir Namangan viloyati hokimligi tashabbusi bilan Namangan Tech Community va IT Park bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda. Forum raqamli texnologiyalar sohasi mutaxassislari, dunyoning yetakchi kompaniyalarida faoliyat ko‘rsatayotgan dasturchi, menejerlar hamda mahalliy yosh isteʼdodlar va IT-kompaniyalar vakillarini o‘zida jamlaydi.

Mazkur forumda Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov moderator sifatida ishtirok etdi.

«Namangan Tech Summit» – IT sohasiga kirib borish, o‘z faoliyati va biznesini jahon miqyosida rivojlantirish istagida bo‘lgan Namanganlik yoshlar uchun ajoyib imkoniyatdir.