Ochiqlik — Toshkent shahridagi Inha universiteti kirish imtihonlarining muhim qismi

Kirish imtihonlari davomida abituriyentlarning ota-onalari uchun barcha qulayliklarga ega maxsus kutish hududi tashkil etildi.

Kutish hududida ota-onalar imtihon auditoriyalaridan amalga oshirilayotgan jonli translyatsiya orqali imtihon jarayonini real vaqt rejimida kuzatish imkoniyatiga ega. Bunday yondashuv qabul jarayonining maksimal darajada ochiq va shaffof o‘tishini ta’minlab, kirish imtihonlarining xolis va adolatli o‘tkazilayotganiga ishonch hosil qilish imkonini beradi.

Shuningdek, universitet rektori Bobur Abdullayev boshchiligidagi rahbariyat hamda universitet xodimlari qabul masalalari bo‘yicha maslahatlar berib, universitetning ta’lim imkoniyatlari haqida ma’lumot berishdi.