Offshore Outsourcing Tour 2024

18-mart kuni Raqamli texnologiyalar vazirligida “Offshore Outsourcing Tour 2024”  tadbiri bo‘lib o‘tmoqda, uning davomida 150 dan ortiq xorijiy kompaniyalar vakillari mahalliy hamkorlar bilan birgalikda o‘z bizneslarini qanday rivojlantirish mumkinligi bilan tanishish maqsadida O‘zbekistonga ilk bor tashrif buyurishdi.
Ushbu tadbir doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori “Cultivating Minds: Nurturing Talent and Educational  Innovation” mavzusidagi davra suhbatida moderator sifatida ishtirok etdi. Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov, Millat Umidi universiteti asoschisi Umidjon Ishmuxamedov va NextGen akademiyasi SAP rahbari, BPO xalqaro eksperti Eduardo Alcanzare ushbu panel muhokamasida ekspert sifatida ishtirok etdilar.