Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida «Alibaba Group» korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi

10-avgust kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Alibaba Group” korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuvda ishtirok etdi.
Uchrashuvda tomonlar oʻrtasida IT sohasida kadrlar tayyorlash, Alibaba kompaniyasining Xitoydagi bosh ofisida yoshlar uchun elektron tijorat boʻyicha treninglar oʻtkazish, shuningdek, Toshkent shahridagi Inha universitetida qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish kabi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.