O‘zbekiston-Koreya xalqaro IT forumi

Universitetda “Yangi O‘zbekiston – axborot texnologiyalarini rivojlantirish istiqbollari” mavzuida O‘zbekiston-Koreya xalqaro IT forumi bo‘lib o‘tadi
2022-yilning 27-may kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “Yangi O‘zbekiston – axborot texnologiyalarini rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi O‘zbekiston-Koreya xalqaro IT-forumi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur forumda Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchisi, Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri, Koreya Respublikasi “ETRI” Elektron va telekommunikatsiyalar ilmiy-tadqiqot instituti, Geotwo Global Co Ltd, Joys Global, Global Optical Communication vitse-prezidenti va vakillari ishtirok etadi.
Tadbir mamlakatimizda Koreya IT-tashkilotlari o‘rtasida amalga oshirilayotgan islohotlar va hamkorlik istiqbollari, O‘zbekiston Respublikasida IT-bozorida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ularga yoshlarni keng jalb etish masalalariga bag‘ishlanadi.
Vaqti: 9.30
O‘tkazilish joyi: Toshkent shahridagi Inha universiteti B 304
Ro’yxatdan o’tish uchun: //forms.gle/bFWMFHHa1GhxDNMn8