O’zbekiston yoshlari forumi 2021

20-dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari va yosh xodimlari Toshkent shahrida tashkil etilgan «O’zbekiston yoshlari forumi 2021» da faol ishtirok etdilar.
Forum doirasida vazirlar, hokimlar, tadbirkorlar, xorijiy davlatlar elchilari, mashhur sanʼatkor va sportchilar ishtirok etishdi.
Ushbu forum doirasida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularni qiynayotgan muammolar boʻyicha fikr almashildi.
Forumda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etib, yoshlarga IT sohasi boʻyicha kerakli tavsiya va maslahatlarini berdi.
Talabalar uchun Yoshlar forumi juda qiziqarli va foydali boʻldi.