“O‘zbekistonda gender tengligi bo‘yicha Barqaror rivojlanish maqsadlari muloqoti”

4-oktabr kuni Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tengligi masalalari qo‘mitasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi  tomonidan O‘zbekistonda gender tengligi bo‘yicha Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha muloqot bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov»Raqamli O‘zbekistonda gender tenglikdagi tafovutni kamaytirishning dolzarb masalalari» mavzusida tadbir ishtirokchilariga taqdimot qildi.
 Muzaffar Djalalov o‘z nutqida “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tengligiga erishishga qaratilgan qator dastur va loyihalar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Muloqotda O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash, oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan fikr almashildi.