“O‘zbekistonda raqamlashtirish tizimining huquqiy tartibi va boshqaruv samaradorligi”

Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori, texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) Muzaffar Djalalovning “Jamiyat va boshqaruv” jurnalida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimida Davlat va huquq instituti izlanuvchisi Dariya Abdalimova bilan hammualliflikdagi maqolasi chop etildi.
“O‘zbekistonda raqamlashtirish tizimining huquqiy tartibi va boshqaruv samaradorligi”
Maqolada oliy ta’lim muassasalarini raqamlashtirish masalasi, me’yoriy-huquqiy hujjatlar va strategik hujjatlarni amalga oshirishdagi qiyinchiliklar haqida so‘z boradi. Oliy taʼlimni raqamlashtirishning dolzarbligi hozirgi vaqtda bir-birini almashtiruvchi huquqiy hujjatlarning yagona tizimi sifatida ta’limni raqamli o’zgartirishning huquqiy asoslarini shakllantirish zarurati bilan bog’liq.