O‘zbekistondagi birinchi koreys OTM Toshkent shahridagi Inha universiteti attestatsiyadan o‘tdi va akkreditatsiya qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining olingan sertifikati, Toshkent shahridagi Inha universitetidagi ta’lim O‘zbekiston oliy ta’lim standartlariga javob berishini tasdiqlaydi.
 
Ta’lim dasturlarining ekspert akkreditatsiyasi universitetga talabalar va o‘qituvchilarning akademik harakatchanligi sohasida yanada faolroq ishlashga, chet ellik xamkorlar bilan yangi qo‘shma dasturlarni yaratishga va umuman olganda, universitetning O‘zbekiston va xorijdagi obro‘sini oshirishga, shuningdek, abituriyentlar va kadrlar iste’molchilari diqqatini universitetga tortishda yordam beradi.
 
Bundan tashqari, Toshkent shahridagi Inha universitetining akkreditatsiyadan o‘tgan yo‘nalishlarini tugatgan bitiruvchilarning kasbiy malakalari tan olinishi,  yirik va muhim xalqaro IT-loyihalarda ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.
 
“Biz uchun bu Toshkent shahridagi Inha universitetining global akademik raqobatbardoshligini oshirish yo‘lidagi yana bir qadam, – deydi universitet rektori v.b. Muzaffar Djalalov.                                                                                
 
-Yuqori darajadagi akkreditatsiya natijalari eng yaxshi ta’lim dasturlarini joriy etish, o‘qituvchilarimizning yuqori malakasi va universitetning rivojlangan infratuzilmasi tufayli mumkin bo‘ldi. Universitetning o‘quv, laboratoriya-tajriba va yordamchi bazalari xalqaro standartlarga javob beradi.”