O‘zbekistonlik “Seeds for the future” ta’lim dasturi ishtirokchilari Dubayda bo‘lib o‘tgan mintaqaviy TECH4GOOD tanlovida g‘olib chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur jamoa yetakchisi Toshkent shahridagi Inha universiteti talabasi Nodira Otabekovadir.
O‘zbekistonlik sakkiz nafar talabadan iborat “Techno Mind” jamoasi “Aquatibia” loyihasini taqdim etgan holda TECH4GOOD eng yaxshi loyihasi tanlovida birinchi o‘rinni egalladi.