Polymedia va «SKOLKOVO» menejment maktabi vakillari TShIUga tashrif buyurishdi

15 iyun kuni Polymedia va «SKOLKOVO» menejment maktabi vakillari Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurishdi.
Uchrashuvda tomonlar Toshkent shahridagi Inha universiteti, «SKOLKOVO» menejment maktabi va Polimedia o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik imkoniyatlarini, shuningdek, raqamli transformatsiya va raqamlashtirish yo‘nalishida qo‘shma o‘quv dasturlarini o‘tkazish istiqbollarini muhokama qildilar.
Polymedia – Toshkent shahridagi Inha universitetining hamkor kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Shuningdek universitetning B binosining o‘quv xonalar, ma’ruza xonalar, kompyuter xonalari va katta konferensiya zallarini jihozlashda korxonaning xizmatlari beqiyosdir.
Multimedia majmuasining muhim jihatlaridan biri bu Interaktiv stendlardir , ushbu stendlar ma’ruzachi uchun   taqdimot va ma’ruzalarni o’tkazish davomida juda katta qulayliklardan foydalanish imkoniyatlarini beradi.