Prosci Inc. ta’lim kompaniyasi vakillari TShIUga tashrif buyurdi

2022-yilning 10-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “Prosci Inc.” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tomonlar Prosci o‘zgarishlarni boshqarish kurslarini TShIUning MBA kabi turli ta’lim dasturlariga kiritish, shuningdek, ushbu yo‘nalishda alohida ta’lim tadbirlarini o‘tkazish va konferensiyalar sohasida hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Prosci Inc. o’zgarishlarni boshqarish bo’yicha ta’lim bo’yicha jahon yetakchisi bo’lib, uning ADKAR metodologiyasidan Fortune 100taga kiruvchi kompaniyalarining 80 foizi foydalanadi, xususan, Microsoft-da bu metodologiya korporativ standart hisoblanadi.