O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatovning Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrifi doirasida talabalar va bitiruvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ochiq muloqot davomida raqamli sanoatning rivojlanishi, bugungi kunda talab yuqori bo‘lgan ko‘nikmalar hamda bo‘lajak IT mutaxassislari uchun karyera imkoniyatlari muhokama qilindi. Talabalar o‘z startaplari va innovatsion loyihalarini taqdim etib, o‘z g‘oyalari va erishgan natijalari haqida so‘zlab berdilar.
