Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov va «A-One Project» direktori Rustam Xo‘jayev o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

19-aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov va «A-One Project» direktori Rustam Xo‘jayev o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Tomonlar ta’lim, fan, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha oliy ta’limning asosiy kasbiy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida o‘zaro hamkorlikni rejalashtirmoqdalar.
Tomonlar o’rtasidagi hamkorlikning asosiy maqsadlari quyidagi masalalar bo’yicha uzoq muddatli munosabatlarni o’rnatishdan iborat:
− ilmiy tadqiqotning yangi kompleks yo‘nalishlarini birgalikda rivojlantirish,
− ta’lim, ilmiy va ishlab chiqarish sohalarida innovatsion faoliyatni birgalikda amalga oshirish;
− Cometa IT Bootcamp negizida universitet talabalari va xodimlarining amaliyotini tashkil etish bo‘yicha barqaror hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.