“Samsung Electronics” kompaniyasi vakillari TShIUga tashrif buyurishdi

7 dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “Samsung Electronics” kompaniyasi menejerlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda TShIU rektori mehmonlarga universitet faoliyati haqida ma’lumot berdi.
Uchrashuvda “Samsung Electronics” va TShIU oʻrtasidagi hamkorlik masalalari quyidagi yoʻnalishlarda muhokama qilindi:
– ta’limga zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish
– raqamli ta’lim sohasida hamkorlik
– xavfsizlik va elektronika sohasida turli loyihalarni birgalikda amalga oshirish