«Strategic Information Technology Leadership Program» dasturi

Olti oylik dastur sizga nafaqat treningni, balki soha mutaxassislarining bilim va tajribasi bilan  to’yingan IT olamiga sho’ng’ishni taklif etadi.
Har hafta ishtirokchilarimiz sohaning eng yaxshilaridan o‘rganish, yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashish va dolzarb mavzularni muhokama qilish uchun noyob imkoniyatga ega bo‘ladilar.
O’qituvchilarimiz rahbarligida talabalarimiz strategiyalarni ishlab chiqish, muammolarga yechim topish va professional aloqalar tarmog’ini o’rnatishni o’rganadilar. Dastur yakunida tinglovchilar nafaqat sertifikat oladilar, balki o‘z kompaniyalari va bizneslarida eng ilg‘or tajribalarni joriy etib, martabalarini keyingi bosqichiga ko‘tara oladilar.
Dastur onlayn ma’ruzalar, interfaol seminarlar, vaziyatlarni tahlil qilish va real loyihalar formatida bo’lib o’tadi.
Ta’lim bosqichidan so’ng Silikon vodiysiga tashrif rejalashtirilgan bo’lib, u keng biznes imkoniyatlari uchun eshiklarni ochadigan xalqaro aloqalarni o’rnatishga qaratilgan loyihadir.