Bizning talabalarimiz – Bakhtiyorov Diyorjon, Mirzakhidov Mirakmal, Eshonkulova Fatina, Gulomjonova Ezoza hamda Abdufattokhov Sanjar – “EdTech Hackathon”da g‘olib bo‘lib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi!
Mazkur xakaton ta’lim sohasidagi dolzarb muammolar uchun sun’iy intellekt asosidagi innovatsion va amaliy yechimlarni ishlab chiqishga qaratildi.
Biz talabalarimiz bilan faxrlanamiz va ularga o‘qish, ilmiy faoliyat hamda o‘z startap loyihalarini rivojlantirishda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
