Sturgeon Foundation stipendiya dasturi g‘olibasini tabriklaymiz!

Bu yil Toshkent shahridagi Inha Universiteti 3-kurs talabasi E’zoza G‘ulomjonova Sturgeon Foundation stipendiyasiga sazovor bo‘ldi!

Ushbu stipendiya ikki yillik o‘quv-kontrakt to‘lovini qoplaydi va liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlarini taqdim etadi.

Iqtidorli talabamiz bilan faxrlanamiz va E’zozaga kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar va yorqin g‘alabalar tilaymiz!