Talabalar uyushmasiga prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi

2022-yil 14-19-kunlari Toshkent shahridagi Inha universitetida Talabalar uyushmasiga prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. 3 nafar nomzod o‘z nomzodligini ko‘rsatdi.
1. Fozilov Fayyozbek Farruhovich (4-bosqich talabasi)
2. Mamurov Jasurbek Xusanboyevich (3-bosqich talaba)
3. Ahmedova Nigora Asqar qizi (2-bosqich talabasi)
Saylovlar ochiq, yuzma-yuz formatda o‘tkazildi. Kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan universitet ma’muriyati vakillari saylovning shaffofligi uchun mas’ul bo‘ldi.
Saylovda 231 ovoz bilan Mamurov Jasurbek g’alaba qozondi.
Talabalar uyushmasining yangi prezidentini tabriklaymiz!⚡️