Talabalarimiz ta’til paytlaridan unumli foydalanishni davom ettirishmoqda.

Shohruhbek Rustamov qishki ta’til mobaynida Farg’onada joylashgan «IT Park»ning Yaypan filialiga o’z ustida ishlash va bilim, ko’nikma hamda malakalarini oshirish maqsadida tashrif buyurdi. Markazda malakali bir qancha o’qituvchilar yoshlarga turli yo’nalishdagi kurslarni o’tib kelishmoqda. Bunday yoshlar bilan birgalikda talabamiz bevosita turli hil o’yinlar, seminarlar hamda masterklasslarni tashkil qildi hamda markazga TshIU talabasi sifatida qo’lidan kelgan texnik yordamni ko’rsatganini ta’kidladi.
Bundan tashqari Samarqand shahrida joylashgan IT-Parkda ham talabalarimiz Shamsiddin Nishonov, Davronov Elbek, Romiz Axrorov, Alisher Hamidov, Mamashev Rasul hamda Hakimov Dalerlar ham o’z faoliyatlarini davom ettirishmoqda.