TALABLAR UCHUN MEHMON MA’RUZA

17-oktabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchisi Darxonbek Mamataliyevning “Dasturchi karyerasida muvaffaqiyat” mavzusidagi mehmon ma’ruzasi bo‘lib o‘tadi.

Darxonbek avval Uber’da ishlagan va hozirda TikTok’da iOS muhandis sifatida o’z ish faoliyatini olib bormoqda.

«Uberdagi 3 yillik faoliyatim davomida men dasturiy ta’minotni ishlab chiqish bo’yicha eng qimmatli saboqlarni oldim. Men ko’p xatolarga yo’l qo’ydim, bu menga 100 000 dollarga va lavozimni o’zgarishiga olib keldi. Ushbu baland-pastliklardan so’ng muhandislarga kerakli bo’lgan ko’nikmalarga ega bo’ldim.»- deydi Darxonbek Mamataliyev.

Sana: 17 oktyabr

Vaqt: 12:30

Manzil: A bino kirish zali

Barchangizni kutib qolamiz!