Tashkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchisi Shavkat Hamroyev texnologiya sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi, yuqori professional salohiyati va ajoyib yutuqlari uchun nufuzli Huawei “Future Star” mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Ushbu mukofot universitetimizda shakllanadigan mehnatsevarlik, innovatsiyalarga intilish va yetakchilik fazilatlarining e’tirofidir.
Shavkatni ushbu muhim yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va unga kelgusida yangi professional cho‘qqilar, katta muvaffaqiyatlar hamda texnologiya sohasida yorqin g‘alabalar tilaymiz!
