“Tech Horizon 2030: IT & Innovation Summit” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

Mazkur tadbir “Inson va raqamli agentlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir: ta’lim tizimi uchun yangi yo`nalishlarlar” mavzusiga bag‘ishlandi. Muhokamalarda sun’iy intellekt, raqamli agentlar va avtomatlashtirilgan tizimlarning ta’lim jarayonlariga ta’siri, shuningdek, raqamli davr sharoitida o‘qituvchi va talabaning roli qanday o‘zgarayotgani asosiy e’tibor markazida bo‘ldi.

Konferensiya doirasida Toshkent shahrdagi Inha universiteti rektori Bobur Abdullayev “Universitet — texnologik tadbirkorlik drayveri: g‘oyadan muvaffaqiyatli startapgacha” mavzusida taqdimot bilan chiqdi.
U o‘z nutqida universitetlarning innovatsion ekotizimni rivojlantirish, IT sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash va startap madaniyatini shakllantirishdagi muhim rolini ta’kidladi.