Bugun, 19-aprel kuni Koreya dasturi doirasida “Biznes va logistika” yo‘nalishi bo‘yicha kirish imtihonlari o‘tkazildi. Eslatib o‘tamiz, 18-aprel kuni “Kompyuter va dasturiy injiniring” yo‘nalishi bo‘yicha imtihonlar bo‘lib o‘tgan edi.
INHA universiteti (Janubiy Koreya) professor-o‘qituvchilari imtihon jarayonining ochiqligi va shaffofligini to‘liq nazorat qilmoqda.
Shuningdek, har bir imtihon auditoriyasida jonli efir tashkil etilgan bo‘lib, bu abituriyentlar ota-onalari va barcha qiziquvchilarga jarayonni onlayn tarzda kuzatish imkonini beradi.
