TikTok kompaniyasining katta iOS muhandisi talabalarga ochiq ma’ruza o‘tkazdi

17-oktabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Inha bitiruvchisi Darxonbek Mamataliyevning “Dasturchi karerasida muvaffaqiyat” mavzusidagi mehmon ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.
Darxonbek avval Uber’da ishlagan va hozirda TikTok’da iOS muhandis sifatida o’z ish faoliyatini olib bormoqda.
«Uberdagi 3 yillik faoliyatim davomida men dasturiy ta’minotni ishlab chiqish bo’yicha eng qimmatli saboqlarni oldim. Men ko’p xatolarga yo’l qo’ydim, bu menga 100 000 dollarga va lavozimni o’zgarishiga olib keldi. Ushbu baland-pastliklardan so’ng muhandislarga kerakli bo’lgan ko’nikmalarga ega bo’ldim.»- deydi Darxonbek Mamataliyev.
Mehmon ma’ruzasi davomida Darxonbek talabalarga qimmatli maslahatlar berib, xalqaro tajribasi bilan o‘rtoqlashdi va ularning barcha savollariga javob berdi.