Toshkent shahrida Huawei kompaniyasining “Seeds for the Future 2022” taʼlim loyihasining yopilish marosimi boʻlib oʻtdi.

O‘zbekistondagi yettita universitet talabalari ilg‘or texnologiyalar va raqamli yechimlarning dunyo barqaror rivojlanishiga ta’sirini o‘rganishga qaratilgan Huawei kompaniyasining “Seeds for the Future 2022” o‘quv dasturida ishtirok etdi. Loyiha davomida ishtirokchilar 5G, Sun’iy intellekt, Bulutli hisoblash, Raqamli energiya, Huawei mobil va IT xizmatlari kabi yo‘nalishlari bo‘yicha kurslarda qatnashdilar, shuningdek, yetakchilik fazilatlari va jamoada ishlash ko‘nikmalarini oshirdilar, Avstriya, Ruanda va Serbiyadan kelgan ishtirokchilarga Xitoy madaniyati va O‘zbekiston an’analari bilan o‘rtoqlashdilar.

14-21-noyabr kunlari Toshkent shahridagi Inha universitetining ikki nafar talabasi Tillaeva Nodira va Abduqodirova Umida Huawei kompaniyasining “Seeds for the Future” flagman ta’lim loyihasida ishtirok etishdi.

23-noyabr kuni O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari talabalarini IT sohasida bilim va ko‘nikmalarni oshirish maqsadida 8-marotaba birlashtira olgan “Seeds for the Future 2022” tanlovining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Oʻzbekistonning yetti taʼlim muassasasi talabalari Avstriya, Ruanda va Serbiya ishtirokchilari bilan birga IT-texnologiyalarni chuqur oʻrganish boʻyicha dasturni tamomladilar.

Sakkiz kun davomida Huawei kompaniyasining xalqaro ekspertlari, shuningdek, hamkor tashkilotlar ekspertlari bilan ma’ruzalar, mahorat darslari va ochiq muhokamalar tashkil etildi.

Loyiha gibrid formatda Huawei kompaniyasining Toshkentdagi ofisida shtab-kvartiradan jonli efir va texnologik ko‘rgazma zallariga virtual sayohatlar, shuningdek, yetakchilikni rivojlantirish, startaplarni ishga tushirish va biznes g‘oyalarni amalga oshirish bo‘yicha mentorlarning onlayn ishtiroki bilan o‘tkazildi.
Dasturda ishtirok etish doirasidagi asosiy vazifa barqaror rivojlanish maqsadlariga (BMT SDGs) erishish uchun raqamli yechimlardan foydalangan holda o’zining Tech4Good biznes loyihasini ishlab chiqish edi. O‘zbekistonlik talabalar ocharchilikka barham berish va sog‘lom turmush tarzini ta’minlash, iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlariga qarshi kurashish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish kabi yo‘nalishlarda o‘z ishlarini taqdim etdilar.

Treningni tugatgandan so’ng, jamoalar olingan sharhlar va maslahatlarga ko’ra o’z loyihalarini yakunlash va 2023 yil yanvar oyida bo’lib o’tadigan Tech4Good global tanlovida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ldilar.