Toshkent shahridagi Inha universiteti Bitiruvchilar sifati indeksida 1-o‘rinni egalladi!

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi Bitiruvchilar sifati indeksi natijalarini e’lon qildi.

Reyting natijalariga ko‘ra, Toshkent shahridagi Inha universiteti amaliy fanlar yo‘nalishida 74,2 ball bilan 1-o‘rinni egalladi.

Ushbu natija talabalarimizning yuqori akademik tayyorgarligi hamda universitetimizdagi ta’lim sifatining yana bir e’tirofidir.

Bitiruvchilarimiz va ularning muvaffaqiyatiga hissa qo‘shayotgan barcha bilan faxrlanamiz!