Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchilari BTWN startapi uchun $130,000 miqdorida investitsiya jalb qildi.

Bitiruvchilarimiz, Sardorbek Muminov va Abdimuratova Biybixanim, o‘zlarining BTWN startap loyihasi uchun Pre-Seed bosqichida $130,000 miqdorida investitsiya jalb qilishga muvaffaq bo‘lishdi.

BTWN — kontent yaratuvchilar va kompaniyalar o‘rtasida hamkorlik imkoniyatlarini yaratuvchi hamda kreyatorlar va influenserlar ekotizimini rivojlantiruvchi innovatsion platformadir.

Bitiruvchilarimizni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz va ularga kelgusidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Apply Now! (Foreign) Apply Now! (Domestic) Telegramda murojat Qo'ng'iroq qiling!