Toshkent shahridagi Inha Universiteti bitiruvchilari yutuqlariga yana bir yorqin g‘alaba qo‘shildi!

Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchisi Aziz Ahmedxodjayev, C7 Cybersecurity asoschisi, o‘zining Cerberus loyihasini taqdim etib, Toshkent shahrida ilk bor o‘tkazilgan Central Eurasian Venture Forum 2026 doirasidagi Startup Battle tanlovida g‘olib bo‘ldi. Tadbir mintaqaning yetakchi investorlarini, tadbirkorlarini va texnologik ekotizim vakillarini bir joyga jamladi.

Bunday xalqaro maydondagi g‘alaba nafaqat loyiha salohiyatining tan olinishi, balki O‘zbekistonda innovatsion tadbirkorlik rivojlanishidagi muhim qadamdir.

Azizni munosib g‘alaba bilan tabriklaymiz va loyihaning yanada kengayishi hamda yangi investitsiyalar tilaymiz