Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchisi IT ta’lim kompaniyasiga asos soldi

Bobobek Turdiyev
2021-yilda Toshkent shahridagi Inha universitetining CSE (Kompyuter va dasturiy injiniring) fakultetini tamomlagan.
2017 yilda men Inha universiteti talabasi bo’ldim, bundan juda faxrlanaman.
Bir yil avval YouTube’da “Programmer UZ” kanalini ochgan edim. U yerda men turli mavzularda dasturlash darslarini joylashtira boshladim, foydali IT-kontent bilan o’rtoqlasha boshladim, so’ngra «premium» kurslarni tashkil qildim va hozirda 20 000 talaba bu darslardan foydalanmoqda.
2020-yilda men “Programmer UZ” IT ta’lim-kompaniyasining onlayn faoliyatini yoʻlga qoʻydim. Onlayn rejimda ishlashni davom ettirib, nafaqat O‘zbekiston, balki Bolgariya va Ukraina kompaniyalariga masofaviy xizmatlar ko‘rsata boshladik.
Boshida men yolg’iz ishladim, mijozlardan buyurtma oldim va loyihalar ishlab chiqdim, shu bilan birga talabalarga dasturlashni o’rgatar edim.
Yana bir qiyin vazifani o‘z zimmamga olib, o‘z shahrim – Samarqand shahrida oflayn rejimda ishlashga qaror qildim. Men jamoamni kichik ofisga to’pladim, birozdan keyin biz kengaydik. Hozirgacha turli universitetlarda yuzlab talabalar uchun treninglar tashkil etib turamiz.
Biz web va mobil dasturlashni o’rgatishni boshladik. Endi biz mobil ilovalar, ERP, CRM tizimlari va AR loyihalarini yaratmoqdamiz. Shuningdek, biz turli sohalardagi startap loyihalarimizni, jumladan, AR va AI asoslangan loyihalarni ham yoʻlga qoʻydik, ular tez orada keng jamoatchilikka taqdim etiladi.
Inha universiteti menga ajoyib tarmoq muhitini taqdim etdi. Bu tadbirkorlikning kelajagi uchun eng muhimi edi. Universitetda tez-tez tadbirlar tashkil etilar edi. Shu vaqt ichida men bir qancha yirik tadbirkorlar bilan uchrashib, fikrlar almashdim, bu menga kerakli ma’lumotlarni olishga, o‘z ustimda ishlashga va kelajakda amalda qo‘llashga yordam berdi.
Inha universiteti talabalariga maslahatim: professorlarga o’zingizni qiziqtirgan savollarni berishdan tortinmang, o’qing va o’rganing. Ishga kirish uchun taniqli kompaniya emas, balki yaxshi menejer, murabbiy qidiring. Ishlamoqchi bo’lgan kompaniyangiz tarixi bilan qiziqing, agar siz o’z kelajagingizni unda ko’ra olsangiz, qattiq mehnat qiling va uning bir qismiga aylaning.
  “Programmer UZ” havolasi